Iqtisod

Qoʻlda terilgan paxta uchun necha puldan toʻlanishi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Denis Abramov / Fotobankka oʻtishSbor urojaya xlopka v Stavropolskom kraye
Sbor urojaya xlopka v Stavropolskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Paxta terimi mavsumi oldidan Oʻzbekistonda paxtani qoʻlda terish uchun eng kam maoshlar miqdori belgilandi.
TOSHKENT, 8 sent – Sputnik. Bu yilgi kuz mavsumida paxta yigʻim-terimi uchun belgilangan narxlar maʼlum boʻldi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari uyushmasi matbuot xizmati.

Qoʻlda terilgan 1 kilogramm paxta uchun birinchi terimda 1200 soʻmdan, ikkinchi terimda 1500 soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda qoʻl mehnati haqi toʻlanadi, - deyilgan xabarda.

Uyushma raisining birinchi oʻrinbosari Saʼdulla Tojiyevning soʻzlariga koʻra Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatining chekka tumanlarida terimchilarni qoʻshimcha jalb qilish maqsadida qoʻlda terilgan xar bir kilogramm paxta xom ashyosi uchun Respublika byudjeti qoʻshimcha manbalari hisobidan 230 soʻmdan ustama haq toʻlanishini rejalashtirilgan.
Belgilangan narxlardan tashqari, klasterlar oʻzlariga biriktirilgan xududlarda terim pulini mustaqil belgilashi, yaʼni tavsiya etilayotgan narxlardan yuqori miqdorda haq toʻlashlari ham mumkin.
Eslatib oʻtamiz, 2020 yilda qoʻlda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda 1000 soʻm, ikkinchi terimda 1400 soʻm narx belgilangan edi. Undan tashqari ayrim hududlarda terilgan har bir kg. paxta uchun davlat tomonidan qoʻshimcha 200 soʻm toʻlanishi belgilangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader