Dunyoda

G20 davlatlari “Sputnik V”ni koronavirus profilaktikasi uchun eng yaxshi vosita deb tan oldi

© Posolstvo Rossii v Uzbekistane Postavka 50 tыsyach doz vtorogo komponenta rossiyskoy vaktsinы "Sputnik V"
Postavka 50 tыsyach doz vtorogo komponenta rossiyskoy vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
2020 yilning avgust oyida Rossiya dunyoda birinchi boʻlib koronavirusga qarshi vaktsina - “Sputnik V”ni roʻyxatdan oʻtkazgan edi.
TOSHKENT, 9 sen – Sputnik. G20 davlatlari sogʻliqni saqlash vazirlari Rossiyada ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaktsinasini koronavirus profilaktikasi uchun eng yaxshi vaktsina deb tan olishdi. Bu haqida Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko xabar qildi.
“Soʻnggi bir necha oʻn yillar davomida, tibbiyot fanida bunday hodisa ilk marotaba sodir boʻldi – ushbu peparatni butun dunyoda bilishadi. Hozir boʻlib oʻtayotgan G20 davlatlari sogʻliqni saqlash vazirlari sammitida vazirlar “Sputnik - koronavirus profilaktikasi uchun eng yaxshi preparat" deyishmoqda, - dedi Murashko.
Shundan soʻng Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri Moskva shahri rahbariyati hamda shifokorlariga ushbu mahalliy preparat sinovida ishtirok etganlari uchun minnatdorlik bildirishdi.
Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto ushbu davlat “Sputnik V” vaktsinasining barcha zahiralarini ishlatib boʻlganini va preparatga talab juda yuqori ekanini qayd etgan edi.
Undan tashqari Rossiya Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko V Umumjahon parlamentariylar konferentsiyasi davomid Rossiyada ishlab chiqarilgan preparat YEIda roʻyxatdan oʻtkazilshiga ishonch bildirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala