Iqtisod

Mirziyoyev: 2023 yildan QQS 12 foizga tushiriladi

CC0 / Pixabay / Kalkulyator na kuche deneg
Kalkulyator na kuche deneg - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.09.2021
OʻzLiDeP nomzodi 2023 yildan QQS 12 foizga, mol-mulk soligʻi stavkasi 1,5 foizga tushirilishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 9 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda 2023 yildan qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) stavkasini tushirilishini maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“Yaxshi bilasizlar, 2020 yilda qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirgan edik. Bu — 100 ming tadbirkor ixtiyorida 10 trillion soʻm mablagʻ qoladi, degani. Endi, zarur tayyorgarlik koʻrgan holda, 2023 yildan boshlab, ushbu soliq stavkasini 15 foizdan 12 foizga tushiramiz”, — dedi davlat rahbari OʻzLiDeP X quroltoyidagi chiqishi davomida.
Bundan tashqari, 2023 yildan yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini birlashtirib, yagona koʻchmas mulk soligʻi joriy qilinadi.
Shuningdek, bank, moliya, telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik yoʻnalishlarida foyda soligʻi stavkasi har xil boʻlib, ular amaldagi 20 foizdan 15 foizga tushiriladi va barcha tadbirkorlar uchun bir xil boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala