Sport

“Qor malikasi”: Lina Cheryazovaning qabri obodonlashtirilib, yodgorlik oʻrnatildi

© Ministerstvo turizma i sporta Respubliki UzbekistanV Novosibirske ustanovili pamyatnik na mogile Linы Cheryazovoy
V Novosibirske ustanovili pamyatnik na mogile Linы Cheryazovoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
Lina Cheryazovaning qabri obodonlashtirilib, yodgorlik oʻrnatildi.
TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Lina Cheryazovaning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining moddiy va maʼnaviy koʻmagi bilan Novosibirsk shahrida Kleshchinskiy qabristoniga yodgorlik oʻrnatildi.
© Ministerstvo turizma i sporta Respubliki UzbekistanV Novosibirske ustanovili pamyatnik na mogile Linы Cheryazovoy
V Novosibirske ustanovili pamyatnik na mogile Linы Cheryazovoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
V Novosibirske ustanovili pamyatnik na mogile Linы Cheryazovoy
Tadbirda Oʻzbekiston Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi, Oʻzbekiston changʻi sporti federatsiyasi, shuningdek, Oʻzbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulligi vakillari ishtirok etdi.
Olimpiyskaya chempionka iz Uzbekistana Lina Cheryazova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.03.2019
Sport
MOQ Lina Cheryazova yaqinlariga taʼziya bildirdi
Lina Cheryazova – 1968 yil 1 noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi, Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori (1990), Jahon chempioni (1993), Jahon kubogi bosqichlari Gran-prisi sovrindori (1993, 1994), Norvegiyaning Lillaxamer shahrida oʻtkazilgan 17-qishki Olimpiya oʻyinlari chempioni (1994), Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi xalqaro stipendiyasining faxriy sovrindori.
© Ministerstvo turizma i sporta Respubliki UzbekistanV Novosibirske ustanovili pamyatnik na mogile Linы Cheryazovoy
V Novosibirske ustanovili pamyatnik na mogile Linы Cheryazovoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
V Novosibirske ustanovili pamyatnik na mogile Linы Cheryazovoy
Cheryazovaning oʻzbek sporti rivoji yoʻlidagi buyuk xizmatlari Oʻzbekiston hukumati tomonidan munosib eʼtirof etilgan va Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi, “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni hamda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
Mejdunarodnaya ekspeditsiya potentsial i tsennost istoriko-kulturnыx obʼyektov Karakalpakstana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Madaniyat
Qoraqalpogʻiston tarixiy yodgorliklari YUNESKO roʻyxatiga kiritilishi mumkin
18 yoshida Lina qishki sport turi changʻi fristaylida oʻz imkoniyatlarini sinab koʻrishga qaror qildi. U tramplindan sakrashning barcha murakkabligi va va xavfliligini anglab yetgan holda 15-20 metr balandlikdagi bir qator mashqlarni bajarib, changʻida yumshoq qoʻnishni oʻrgandi. Oʻshanda oradan 8 yil oʻtib oʻzbekistonlik 26 yoshli qiz qishki Olimpiya oʻyinlari chempioniga aylanishini hech kim tasavvur qila olmasdi. 1994 yilda Lina Cheryazova jarohat olganiga qaramay, Lillexammer Olimpiadasida ishtirok etdi va eng murakkab dasturni muvaffaqiyatli yakunlab, gʻoliblik shohsupasiga koʻtariladi. Shu tariqa Lina Cheryazova oʻzbek sporti tarixida birinchi boʻlib Olimpiada oltin medali sohibasiga aylandi.
Oʻzbekistondek quyoshli oʻlkadan chiqib qishki sport turlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Lina Cheryazova tom maʼnoda “Qor malikasi” sifatida eʼtirof etildi va jahon sportining haqiqiy afsonasiga aylandi.
Uzoq davom etgan va ogʻir kasalliklardan soʻng 2019 yil 23 martda Lina Cheryazovaning yuragi urishdan toʻxtadi. U umrining soʻnggi yillarini Rossiyaning Novosibirsk shahrida oʻtkazdi va Kleshchinskiy qabristoniga dafn etildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader