Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Rossiya Tolibon* hukumatining inauguratsiyasida ishtirok etmaydi - Peskov

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishYejegodnaya bolshaya press-konferentsiya prezidenta RF V. Putina
Yejegodnaya bolshaya press-konferentsiya prezidenta RF V. Putina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.09.2021
Rossiya Tolibon* hukumatining inauguratsiya marosimida hech qanday tarzda ishtirok etmaydi - Rossiya prezidenti matbuot kotibi.
TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Rossiya Tolibon* hukumatining inauguratsiya marosimida hech qanday tarzda ishtirok etmaydi, deb maʼlum qildi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Eslatib oʻtamiz, Tolibon* hukumatining inauguratsiyasi 11 sentyabr kuniga belgilagandi.
Boyeviki Talibana v prezidentskom dvortse v Kabule, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Tolibon* hukumatining inauguratsiyasi 11 sentyabr kuniga belgilandi - manba
Unga koʻra, marosimga Rossiya, Xitoy, Turkiya, Pokiston, Eron va Qatar taklif etilgandi.
7 sentyabr kuni toliblar* Afgʻonistonning yangi hukumati tarkibini eʼlon qildi. Unga koʻra, mamlakat bosh vazirligi Muhammad Hasan Oxundga yuklangan, Abdulgʻani Barodar uning oʻrinbosari boʻladi.
Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib Amir Xon Mutakkiy tayinlangan.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik harakati
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala