Jamiyat

MSK Alisher Qodirov va Narzulla Oblomuradovni prezidentlikka nomzod deb roʻyxatga oldi

© TSIK UzbekistanaZasedaniye TSIK 11 sentyabrya
Zasedaniye TSIK 11 sentyabrya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.09.2021
Oʻzbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzodlarni roʻyxatga olish saylovga oʻttiz besh kun qolganida tugallanadi.
TOSHKENT, 11 sen - Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi Alisher Qodirov va Narzulla Oblomuradovni prezidentlikka nomzod sifatida roʻyxatga oldi.
MSK ushbu ikki nomzodni qoʻllab-quvvatlovchi imzo varaqalari qonun talablariga mosligi inobatga olib, Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan Qodirov Alisher Keldiyevich va Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan Oblomuradov Narzulla Naimovich Oʻzbekiston prezidentligiga nomzodlar etib roʻyxatga oldi, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, majlisda yana 6 ta mahalliy OAVlarning jami 32 nafar vakili akkreditatsiyadan oʻtkazildi. Shunday qilib akkreditatsiyadan oʻtkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari soni jami 907 nafarni tashkil etmoqda.
Undan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning guvohnomasi tavsifi va namunasi tasdiqlandi. Unga koʻra, guvohnoma 125x90 millimetr oʻlchamdagi toʻq yashil rangli qattiq charm muqovali kitobcha koʻrinishiga ega boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, savloy qonunchiligigan binoan, prezidentlikka nomzodlarni roʻyxatga olish saylovga oʻttiz besh (35) kun qolganida tugallanadi. Bugun saylovgacha 43 kun qoldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader