Dunyoda

Oʻgʻirlangan otni avtomobilda olib ketayotgan qozogʻistonlik qoʻlga olindi – video

© AFP / Vincenzo Pinto Pervaya v mire klonirovannaya loshad Prometeya
Pervaya v mire klonirovannaya loshad Prometeya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Sharqiy Qozogʻiston viloyati politsiya xodimlari chorva oʻgʻirlash bilan shugʻullangan 31 yoshli fuqaroni qoʻlga olishdi.
TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Sharqiy Qozogʻiston viloyati politsiya xodimlari chorva oʻgʻirlash bilan shugʻullangan 31 yoshli fuqaroni qoʻlga olishdi. Sputnik Qozogʻiston xabariga asosan.
Gumonlanuvchi oʻgʻirlangan jonivorlarni tiriklayin yengil avtomobil saloniga yuklab, yashirin joyga olib borgan. Keyinchalik mollarni sotish uchun xaridorlarni qidirgan.
Gumonlanuvchi sentyabr oyi boshida navbatdagi oʻgʻirlikdan soʻng qoʻlga olindi.
Politsiya gumonlanuvchining bir necha marta ot va buzoqlarni oʻgʻirlash, shu jumladan, oldingi yillarda sodir etilgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqladi.
"Tergov harakatlari davom etmoqda, oʻgʻirlangan mollarni xaridorlari aniqlanmoqda. Gumonlanuvchining qilmishi Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi (Hayvonlarni oʻgʻirlash) boʻyicha kvalifikatsiya qilinmoqda, unga besh yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin”, - deydi viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari Talgat Shayaxmetov.
Qayd etilishicha, 2021 yilda viloyatda 52 nafar kishi chorva mollarini oʻgʻirlashda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan, chorva mollarini oʻgʻirlash bilan shugʻullanuvchi yetti jinoiy guruhning faoliyatiga chek qoʻyilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala