Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Oʻzbekistonda Afgʻonistonga yordam koʻrsatish uchun logistika markazi ochildi

© VPP OONSotrudniki VPP raspredelyayut prodovolstvennuyu pomoщ v Gerate, Afganistan. Avgust 2021 goda.
Sotrudniki VPP raspredelyayut prodovolstvennuyu pomoщ v Gerate, Afganistan. Avgust 2021 goda. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Afgʻonistonda oziq-ovqat yordamiga boʻlgan ehtiyoj ortgani sababli BMT Pokiston, Tojikiston va Oʻzbekistondagi omborlarda zarur mahsulotlar zaxirasini koʻpaytirmoqda.
TOSHKENT, 15 sen – Sputnik. BMT Afgʻonistonga oziq-ovqat yordamini koʻrsatish uchun Oʻzbekistonda asosiy logistika markazini ochdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.
Afgʻonistonda oziq-ovqat yordamiga boʻlgan ehtiyoj ortgani sababli BMT Pokiston, Tojikiston va Oʻzbekistondagi omborlarda zarur mahsulotlar zaxirasini koʻpaytirmoqda. Asosiy logistika markazi esa Oʻzbekistonning Termiz shahrida tashkil etilgan.
Xabarda keltirilishicha, 13 sentyabr kuni Jenevadagi anjuman yakunida donorlar afgʻonlarning ehtiyojlari uchun bir milliard dollardan ortiq — BMT talabidan deyarli ikki baravar koʻp mablagʻ ajratishga vaʼda bergan. “Tolibon”* harakati yozma ravishda gumanitar operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini kafolatlash va gumanitar ishchilar xavfsizligini taʼminlash majburiyatini olgan.
Novoye pravitelstvo Afganistana vыrazilo blagodarnost prezidentu Uzbekistana za pomoщ - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Siyosat
Afgʻonistonning yangi hukumati Oʻzbekiston prezidentiga yordam uchun minnatdorlik bildirdi
Endi BMT donorlardan afgʻonlar uchun oziq-ovqat, tibbiyot buyumlari va boshqa zaruriy narsalarni xarid qilish uchun vaʼda qilingan mablagʻlarni tezroq taqdim etishni soʻramoqda.
Qayd etish joizki, Oʻzbekiston mustaqil ravishda ham Afgʻonistonga yordam qoʻlini choʻzmoqda. Kuni kecha qoʻshni mamlakatga turli oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur tovarlar, dori-darmonlar, kiyim-kechak va poyafzallardan iborat 1,3 ming tonnalik insonparvarlik yordamini joʻnatdi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala