Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Afgʻoniston terrorchilar makoniga aylanmoqda – Emomali Rahmon

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaPrezident Tadjikistana Emomali Raxmon
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Tojikiston prezidenti soʻzlariga koʻra, Afgʻonistondagi qaltis vaziyat butun Markaziy Osiyoning kollektiv xavfsizligiga taʼsir qiladi.
TOSHKENT, 16 sen - Sputnik. Afgʻonistondagi qaltis vaziyat butun Markaziy Osiyoning kollektiv xavfsizligiga taʼsir qiladi. Bir-ikki yildan soʻng Afgʻonistonda ekstremistik mafkura kuchayib u Markaziy Osiyo davlatlari hududiga oʻtishi ham mumkin, dedi KXSHT majlisida Bu haqida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonqilgan chiqishida maʼlum qildi. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
“Koʻz oldimizda Afgʻoniston qaytadan xalqaro terrorchilar makoniga aylanib bormoqda. U yerda muvaqqat hukumat mamlakatning siyosiy, etnik xilma-xilligini, millatlar turli tillarda soʻzlashishini va gender tenglikni hisobga olmaydi. Qattiqqoʻl shariat qonunlariga asoslangan islom amirligi tashkil qilish esa – bu oʻrta asirlarga qaytish degani.
Demak yaqin ikki uch yil ichida Afgʻonistonda ekstremistik mafkura kuchayadi va ushbu buzgʻunchi gʻoyalarning qoʻqshni hududlarga tarqalish ehtimoli oshadi", - dedi Tojikiston prezidenti.
Undan tashqari bugun Afgʻoniston gumanitar falokat yoqasida turibdi va bu muammo nafaqat afgʻon xalqining muammosi, balkim butun hududning eng dolzarb muammolaridan biridir.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala