Jamiyat

“Amirsoy”dagi qimmatbaho daraxtlar kesib tashlanganligi holati yuzasidan jinoyat ishi ochildi

© Nuz.uzVыrubka vekovыx chinar v Samarkande
Vыrubka vekovыx chinar v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
“Amirsoy” kurort zonasida 700 tup atrofidagi qimmatbaho daraxtlar kesib tashlanganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Boʻstonliq tumanidagi “Amirsoy” kurort zonasida 700 tup atrofidagi qimmatbaho daraxtlar kesib tashlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Bundan avval deputat Rasul Kusherbayev bu haqda Telegram-kanalida post yozgandi.
Vыrubka derevyev v kurortnoy zone Amirsay pod Tashkentom  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Jamiyat
"Amirsoy" yaqinida 700 tup daraxt kesib tashlandi - Rasul Kusherbayev
“Baʼzan tushunmay daraxt kesib qoʻyibdi, degan baxonalarni eshitib qolamiz. Balki rostanam daraxt kesish mumkinmasligini bilmagandir, deyish mumkin.
Lekin hamma narsadan xabari bor, nufuzli tashkilotdagilarning ham qonunlarga tupurib qoʻyganini qanday tushunish mumkin?!
Masalan, koʻpchiligimiz eshitgan Boʻstonliq tumanidagi "Amirsoy" kurort zonasi maʼmuriyatining yaqinda naqd 700 tup atrofidagi qimmatbaxo daraxtlarni kesib tashlaganini hech narsa bilan xoqlab boʻlmaydi.
Shuncha gapdan keyin ham har xil baxonalar bilan daraxtkesarlik davom etmoqda. Buncha katta "dux" qayerdan paydo boʻldi?
Holat boʻyicha ekologiya qoʻmitasi tomonidan prokuraturaga taqdim etilgan materiallar imi-jimida yopilib ketmasligi kerak. Gap ortga qaytarib boʻlmaydigan 700 tup daraxt va salkam 400 million soʻmlik tabiatga yetkazilgan zarar haqida ketmoqda.
Oʻzi kurort maʼmuriyati odamlar togʻning daraxtzor tabiatida dam olish uchun ham kurortlarga borishini bilarmikan”.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala