Dunyoda

Dushanbedagi KXSHT sammitida imzolangan hujjatlar roʻyxati

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaSammit ODKB v Dushanbe 16 sentyabrya 2021
Sammit ODKB v Dushanbe 16 sentyabrya 2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Dushanbeda boʻlib oʻtgan sammitda 14ta muhim shartnoma va deklaratsiyalar imzolandi. Ular orasida Afgʻonistondagi vaziyat oʻzgarishi, kollektiv kuchlarning KXSHT davlatlaridagi yuridik maqomi, KXSHTning 20 yilligini nishonlash va boshqalar bor.
TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Tojikiston poytaxti Dushanbeda 16 sentyabr kuni boʻlib oʻtgan KXSHT sammitida jami 14ta hujjatlar imzolandi va ularning aksariyati Afgʻonistonga doir, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
KXSHT aʼzolari deklaratsiyasi – ushbu sammitda imzolangan asosiy hujjat boʻlib, unda KXSHT xavfsizlik hududida xatarli vaziyatning saqlanib qolayotgani va tashkilot aʼzolari oʻz javobgarlik hududlarida xalqaro va hududiy xavfsizlikni mustahkamlashga tayyorligi qayd etilgan.
Ikkinchi muhim hujjat – kollektiv xavfsizlik kuchlarining KXSHTga aʼzo davlatlar hududlarida vaqtincha boʻlish yuridik maqomi va ularga huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi kelishuvni imzolandi.
Undan tashqari yana quyidagi hujjatlar imzolandi:
KXSHT qoʻshinlarini birgalikda moddiy-texnik va tibbiy taʼminlash toʻgʻrisidagi shartnoma;
KXSHT tinchlikparvar kuchlari protokoliga (06.10.2007) oʻzgarish kiritish toʻgʻrisidagi shartnoma;
Kollektiv xavfsizlik shartnomasining 30-yilligi va KXSHT tashkil qilinganining 20 yilligini nishonlash toʻgʻrisidagi shartnoma;
“Operativ harakat qiluvchi Kollektiv kuchlarni zamonaviy qurol-aslaha va maxsus texni bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi shartnoma;
“KXSHT koʻp servisli aloqa tormogʻining sxemasi toʻgʻrisidagi” shartnoma;
KXSHTning tinchlikparavarlik faoliyati boʻyicha maxsus vakili toʻgʻrisidagi qarori;
KXSHTning harbiy-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Davlatlararo komissiyasi raisi toʻgʻrisidagi qarori;
KXSHT birlashgan shtabi boshligʻi toʻgʻrisidagi qarori; (Anatoliy Sidorov vakolati yana 3 yilga uzaytirildi);
KXSHTning operativ harakat qiluvchi kuchlari va maxsus boʻlinmalari tarkiblari toʻgʻrisidagi qarori;
KXSHTning 2020 yilgi byudjetining bajarilishi toʻgʻrisidagi qarori;
KXSHTning 2022 yilgi byudjeti toʻgʻrisidagi qarori;
Va shuningdek, Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi tashkilotining navbatdagi Kengashini oʻtkazish vaqti va joyi hamda tashkilot raisi haqidagi qaror qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Dushanbeda boʻlib oʻtgan KXSHT sammitida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozogʻsiton prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev, Qirgʻiziston prezidenti Sadыr Japarov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin (onlayn) hamda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon hamda KXSHT bosh kotibi Stanislav Zas ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala