Siyosat

Mirziyoyev Eron prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev v Dushanbe provel vstrechu s prezidentom Irana Ibraximom Raisi
 Shavkat Mirziyoyev v Dushanbe provel vstrechu s prezidentom Irana Ibraximom Raisi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish yoʻllarini muhokama qildi.
TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Dushanbe shahriga tashrifning birinchi kungi dasturi doirasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat avvalida davlat rahbari Eron prezidentini yuksak davlat lavozimiga saylangani bilan yana bir bor samimiy qutlab, masʼuliyatli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Gosudarstvennыy vizit prezidenta RF V. Putina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Siyosat
Mirziyoyev SHHT sammiti doirasida Rossiya, Pokiston va Eron yetakchilari bilan uchrashuv oʻtkazadi
Amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Joriy yil boshidan oʻzaro savdo koʻrsatkichlari izchil oʻsib borayotgani kuzatilmoqda. Qishloq xoʻjaligi, parrandachilik, baliqchilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa tarmoqlarda biznes loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Savdo-iqtisodiy aloqalar surʼatini davom ettirish va yangi “oʻsish nuqtalari”ni aniqlash maqsadida qoʻshma Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirishga kelishib olindi.
Bundan tashqari, “yoʻl xarita”si asosida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish istiqbollari hamda ikki mamlakat tranzit salohiyatini samarali ishga solish imkoniyatlari vakolatli idoralar darajasida puxta oʻrganiladi.
Davlat rahbarlari mintaqa kun tartibidagi masalalarni, shu jumladan Afgʻonistonda vujudga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqqan holda koʻrib chiqdilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala