Siyosat

Mirziyoyev SHHTning 20 yillik yubiley sammitida ishtirok etadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na trape samolyota
Shavkat Mirziyoyev na trape samolyota - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Tashkilot sammiti 16-17 sentyabr kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti – Dushanbe shahrida boʻlib oʻtadi
TOSHKENT 16 sen - SPUTNIK. Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-17 sentyabr kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti – Dushanbe shahrida boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi tadbirlarida ishtirok etadi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnits SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Siyosat
SHHT va KXSHT Dushanbeda Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qiladi - Asadov
Majlisga tashkilotning aʼzo davlatlari hamda faxriy mehmoni sifatida Turkmaniston rahbari taklif etilgan.
Shuningdek, tadbirda SHHT ijroiya organlari va boshqa xalqaro institutlar rahbarlari qatnashadi. Ishtirokchilar sammitda SHHTning oʻtgan 20 yilgi faoliyatining asosiy yakunlarini koʻrib chiqadilar, koʻp tomonlama hamkorlikning dolzarb vazifalarini muhokama qiladilar.
Sammit yakunida Dushanbe deklaratsiyasining qabul qilinishi, davlatlar rahbarlarining qarorlari va Tashkilot doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishga doir boshqa koʻp tomonlama hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan. SHHTga raislik Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtishi sammitning muhim voqeasi boʻladi.
Bundan tashqari, kun tartibidan hamkor davlat rahbarlari bilan qator muzokaralar hamda Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha “SHHT - KXSHT” formatidagi uchrashuv oʻrin olgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader