Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Imron Xon bilan uchrashuv oʻtkazdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPremyer-ministr Pakistana Imran Xan i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na peregovorax v Dushanbe
Premyer-ministr Pakistana Imran Xan i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na peregovorax v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Shavkat Mirziyoyev dushanbeda Emomali Rahmon, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy hamda Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
TOSHKENT, 16 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan muzokara oʻtkazdi.
Muzokaralar davomida Pokiston va Oʻzbekiston orasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, Afgʻonistonda sodir boʻlayotgan voqealar va mintaqada xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan fikr almashildi va hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 17 sentyabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbeda Shanxay hamkorligi tashkilotining yubiley sammiti boʻlib oʻtadi. Tashkilotning 20-yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan ushbu tadbirda aʼzo davlatlar - Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston prezidentlari ishtirok etadi. Undan tashqari Belarus, Mongoliya, Eron va Afgʻoniston - kuzatuvchi mamlakatlar maqomida ishtirok etishadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin onlayn ishtirok etishni rejalashtirgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala