Jamiyat

YHX xodimlari yangi formada ish boshlaydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina DPS
Mashina DPS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
YHX xodimlarining yangi namunadagi kiyim-boshlari tasdiqlandi.
TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. Yoʻl harakati xavfsizligi xodimlarining yangi namunadagi kiyim-boshlari tasdiqlandi.
Ichki ishlar vazirining 13 sentyabdagi buyrugʻiga asosan IIVning ayrim buyruqlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi YHX xodimlari tomonidan alohida farqlovchi koʻkrak va qoʻl belgilarini yangi namunadagi formali kiyim-boshiga taqish qoidalari belgilab qoʻyildi.
Shuningdek, buyruq bilan IIV tizimidagi orkestrlar hamda namunaviy ashula va raqs ansamblining shaxsiy tarkibini inventar kiyim-kechak mulklari bilan taʼminlash meʼyorlariga ham oʻzgartirishlar kiritildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader