Dunyoda

Zas: toliblarning Afgʻoniston hokimiyati tepasiga kelishi MOdagi vaziyatga taʼsir qiladi

© Sputnik / Viktor TolochkoGossekretar Soveta bezopasnosti Belarusi Stanislav Zas
Gossekretar Soveta bezopasnosti Belarusi Stanislav Zas  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
KXSHT bosh kotibi Stanislav Zas amerika qoʻshinlari chiqarilganidan soʻng Afgʻonistondagi vaziyatga baho berdi
TOSHKENT, 16 sen — Sputnik. KXSHT aʼzo-davlatlari rahbarlari Kollektiv xavfsizlik kengashi yigʻilishi davomida Afgʻonistondagi harbiy-siyosiy vaziyatga alohida eʼtibor qaratdilar, deb bayonot qildi KXSHT bosh kotibi Stanislav Zas.
KXSHT rahbari AQSH askarlari va NATO harbiy kontingenti chiqarilgach, Afgʻoniston respublikasidagi vaziyat keskin oʻzgarganiga eʼtibor qaratdi.
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Rossiya
Putin Afgʻonistondan AQSH qoʻshinlarining chiqarilishini qoraladi
""Tolibon"* radikal harakati (Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot) hujumi, Afgʻoniston hududining, jumladan, davlat chegarasi va poytaxt ham deyarli toʻliq ravishda toliblar nazoratiga oʻtishi, shuningdek, mamlakatda hokimiyatning oʻzgarishi Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatga sezilarli taʼsir koʻrsatadi", - deya taʼkidladi Zas.
Bu holat KXSHT aʼzolarida tashvish keltirib chiqarmoqda, deb qoʻshimcha qildi u.
Bundan tashqari, Zas taʼkidiga koʻra, Tojikiston Afgʻoniston bilan eng uzun chegaraga egaligini unutmaslik lozim, sababi, chegaraning asosiy qismi togʻli, odam qadami yetishi qiyin boʻlgan hududlardan oʻtgan.
Flagi stran-uchastnits Organizatsii Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti: Tadjikistana, Rossii, Kirgizii, Kazaxstana, Belorussii, Armenii i flag ODKB (sprava nalevo) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.09.2021
Siyosat
Oʻzbekiston hozircha KXSHTga aʼzo boʻlishni rejalashtirmayapti - Zas
KXSHT bosh kotibi tojik-afgʻon chegarasida yangi keng koʻlamli mashgʻulotlar oʻtkazilishi haqida eʼlon qildi. Jumladan, "Poisk", "Eshelon", "Vzaimodeystviye" va "Kobalt" deb nomlangan manyovrlarni oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Afgʻonistondagi vaziyat tufayli Kollektiv xavfsizlik kengashi majlisi ishtirokchilari Markaziy Osiyoda kollektiv kuchlarni operativ joylashtirish rejasiga aniqlik kiritib oldilar. Shuningdek, harbiy kontingent tarkibi va maxsus kuchlar otryadlarini shakllantirish masalalari ham muhokama qilindi, dedi Zas.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader