Siyosat

Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida nimalarni taklif qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na sammite SHOS
Shavkat Mirziyoyev na sammite SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.09.2021
Oʻzbekiston prezidenti Afgʻoniston borasida hamkorlikni muvofiqlashtirish, 5 yillik iqtisodiy dasturir tuzish va axborot xavfsizligi sohasida hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi.
TOSHKENT, 17 sen - Sputnik. Dushanbeda boʻlib oʻtayotgan Shanxay hamkorligi tashkiloti sammitida soʻzga chiqqan Shavkat Mirziyoyev Afgʻoniston borasida oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish hamda axborot xavfsizligini kuchaytirishni taklif qildi.
Soʻz boshida Oʻzbekiston prezidenti Tojikiston rahbariyatiga anʼanaviy mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirdi va SHHTning bugungi, notinchlik darajasi oshib borayotgan dunyoda, tutgan muhim oʻrni haqida toʻxtalib oʻtdi.
Shavkat Mirziyoyev SHHTda olib borilayotgan ochiq dialog muhiti va tashkilotning hech qanday tashqi kuchga qarshi qaratilmagani muhim ahamiyat kasb etayotganini va ushbu tartibni saqlab qolish muhim ahamiyatga ega ekanini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek Oʻzbekiston prezidenti SHHT doirasida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirishni taklif qildi.
Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha:
Afgʻoniston borasida oʻzaro kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish;
yangi hukumat bilan muloqotni yoʻlga qoʻyish;
Afgʻoniston jamiyatining barcha qatlam va guruhlari vakillari davlatboshqaruvida boʻlishi juda muhim;
hududda ekstremizm va radikal gʻoyalar oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik;
Afgʻoniston hududidan uchinchi mamlakatlarga xavf solishga yoʻl qoʻymaslik;
inson huquqlari, ayollar huquqlarini taʼminlash;
ijtimoiy muammolarni hal qilish;
xorijiy banklardagi Afgʻoniston davlat aktivlarini blokdan chiqarish;
doimiy ravishda "SHHT-Afgʻoniston" formatida yuqori darajali uchrashuvlari oʻtkazish.
SHHT istiqbollari boʻyicha:
1.
SHHT obroʻyi va potentsialini oshirib borish muhim. Kelajak 5 yilga moʻljallangan yaxshi qoʻshnichilik va hamkorlik kompleks dasturi tuzish.
2.
SHHT hududida ichki savdoni yoʻlga qoʻyish. Uning ichiga savdo toʻsiqlarini olib tashlash boʻyicha birgalikda qabul qilingan choralar kiritiladi. Texnik reglamentlar va bojxona jarayonlarini umumlashtirish.
3.
SHHt sanoat kooperatsiya dasturini qabul qilish. Davlatlarda industrial kooperatsiya markazlari tashkil qilish. Biz kelgusi yilda SHHTning iqtisodiy forumi va innovatsiyalar haftaligi oʻtkazishga tayyormiz.
4.
Transport aloqalari boʻyicha SHHT strategiyasini qabul qilish. Bu bizning davlatlarimizning transport potentsialini oshiradi va "Sharq - Gʻarb" va "Shimol - Janub" transport koridorlari samaradorligini oshiradi. Energetika kommunikatsiya va "Yashil taraqqiyot" sohalarida SHHTning uzoq muddatli infratuzilma loyihalarini qabul qilish.
5.
SHHT doirasida kambagʻallikni qisqartirish va oziq-ovqat muammolariga bagʻishlangan vazirlar darajasida doimiy uchrashuvlar oʻtkazish.
6.
SHHT hududida tinchlik va totuvlikni taʼminlash. Buning uchun SHHT RATS* imkoniyatlaridan keng foydalanish. (U bizga terrorchilik, narkotraffik va axborot xavfsizligi sohalarida hamkorlik qilish imkonini beradi - Mirziyoyev).
7.
SHHTning kiber xavfsizlik boʻyicha ekspertlar forumi tashkil qilish.
8.
SHHT doirasida madaniyat, sport, turizm sohalarida va hududlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
9.
Sogʻliqni saqlash sohasida infetsion kasalliklarni profilaktika qilish va davolash borasida birgalikda yoʻl xaritasi qabul qilish. Oʻzaro vaktsinalar sertifikatlarni tan olish.
Eslatib oʻtamiz, SHHT deklaratsiyasi 2001 yilda Shanxayda Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Tojikiston va Oʻzbekiston tomonidan tashkil qilingan edi. 2017 yilda tashkilotga Hindiston va Pokiston toʻliq aʼzo boʻlishdi. Afgʻoniston, Belorussiya, Eron va Moʻgʻuliston SHHTda kuzatuvchi maqomiga ega. Shuningdek 6ta davlat “muloqot sherigi” maqomida (Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka). Turkmaniston prezidenti Gurbangulы Berdыmuxamedov SHHT sammitining humatli mehmoni boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala