Futzal: O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatining nimchorak bosqichiga yo‘l oldi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaUzbekistan vpervie v istorii vishel v pley-off chempionata mira po futzalu
Uzbekistan vpervie v istorii vishel v pley-off chempionata mira po futzalu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2021
Obuna bo‘lish
Misrga qarshi kechgan uchrashuvda O‘zbekiston jamoasi 2:1 hisobida ustun keldi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Litvada bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida O‘zbekiston terma jamoasi Misrga qarshi bahs olib bordi.
Murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekiston jamoasi 2:1 hisobida ustun keldi. Uchrashuvning 2-daqiqasida Husniddin Nishonov raqib darvozasiga to‘p kirib, hisobni ochdi. 19-daqiqada Misr hisobni tenglashtirdi. Mustafo Eid gol urdi. 2-bo‘limning 13-daqiqasida Anasxon Rahmatov gol urib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi.
Shu tariqa guruhda 3 ochko qo‘lga kiritgan O‘zbekiston termasi to‘plar nisbatiga ko‘ra eng yaxshi natija bilan ikkinchi pog‘onani band etdi va nimchorak final masalasini hal qildi.
Endi o‘zbekistonlik futzalchilar chorak final yo‘llanmasi uchun 24-sentabr kuni Eron – Argentina o‘rtasidagi bahs mag‘lubiga qarshi maydonga tushadi.
Chempionatning dastlabki ikki bahsida O‘zbekiston Rossiya (2:4) va Gvatemalaga (4:5) mag‘lub bo‘lgandi.
O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta Jahon chempionatining nimchorak bosqichiga yo‘l oldi. O‘zbekiston 2016-yili Kolumbiyada o‘tgan o‘zining birinchi Jahon chempionatidagi ishtirokini guruh bosqichida yakunlagandi.
Yangiliklar lentasi
0