Dunyoda

Yevropa Ittifoqi AUKUS bilan hamkorlik qilishdan umidvor

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishSammit YES v Bryussele
Sammit YES v Bryussele - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Borrel dunyodagi vaziyat YEI, Avstraliya va AQSH orasida kuchliroq hamkorlik oʻrnatishni talab qiladi. YEI TIV rahbari ushbu masala boʻyicha Yevropa Ittifoqi davlatlari ichki maslahatlashuvlar oʻtkazishni rejalashtirayotgani ham maʼlum qildi. Eslatib oʻtamiz, AUKUS - Avstraliya, Bu
TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. Yevropa Ittifoqi AUKUS bilan hamkorlik qilishdan umidvor. Bu haqida YEIning tashqi ishlar vaziri Jozep Borrel Avstraliya tashqi ishlar vaziri Maris Peyn bilan suhbatda maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
"Borrel AUKUS tashkil qilinishidan oldin YEI ishtirokida maslahatlar oʻtkazilmaganidan va yangi ittifoqda Tinch okeanida oʻrni kuchli boʻlgan YEI ishtirok etmayotganidan afsusda ekanini bildirdi", - deyilgan xabarda.
Borrel aytishiga koʻra, hududdagi vaziyat hamfikrlar orasida yanada kuchliroq hamkorlik oʻrnatishni talab qiladi. YEI TIV rahbari ushbu masala boʻyicha Yevropa Ittifoqi davlatlari ichki maslahatlashuvlar oʻtkazishni rejalashtirayotgani ham maʼlum qildi.
Eslatib oʻtamiz, AUKUS - Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQSH orasida tuzilgan himoya ittifoqidir. Ekspertlar xulosasiga koʻra uning asosiy maqsadi - jahon okeanida Xitoyga qarshi turishdir. Ittifoq shartnomasi doirasida Buyuk Britaniya va AQSH Avstraliya dengiz flotini kuchaytirishda yordam beradi. Yaqin 10-15 yil ichida Avstraliya koʻplab yangi harbiy kemalar, jumladan 12ta zarba beruvchi suv osti kemasi ham oladi.
Flag Kitaya. Arxivnoye foto. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.12.2020
Kolumnistlar
Avstraliya oxiri Xitoyni oʻz dushmaniga aylantirdi - ekspert
Ushbu yilning 15 sentyabrida, AUKUS toʻgʻrisida shartnoma imzolanganidan soʻng, Avstraliya Frantsiya bilan suv osti kemalari yetkazib berish toʻgʻrisida imzolangan 56 milliard yevrolik shartnomadan chiqdi. Fratsiya TIV rahbari Jan-Iv Le Drian buni "orqadan turib zarba berish" deb atadi va Avstraliya va AQSH tomonidan ihoh kutayotganini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader