Rossiya

Moskva viloyati oʻrmonlarida migrant murdasi boʻlaklari topildi

© Sputnik / Maksim BogodvidPolitsiya
Politsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Muqaddam sudlangan migrant murdasidan faqat oyoq va qoʻl qismlari qolgan. Bu shavqatsiz qotillik sababalari nomaʼlumligicha qolmoqda.
TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. Moskva viloyatida erkak jasadining boʻlaklari topildi deb xabar bermoqda "Moskovskiy Komsomolets" ga tayanib Sputnik Tojikiston.
Mudhish hodisa Podolsk oʻrmonlarida sodir boʻlgan. Lekin, ren.tv versiyasiga koʻra, murda garaj kooperativida topilgan.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, huquq-tartibot idoralari murdaning maʼlum bir qismlarini: oyoq va qoʻllarini topishgan. Aniqlanishicha, barmoq izlari tekshirilganida, oʻldirilgan migrant 53 yoshli Tojikiston fuqarosi boʻlib chiqqan, u ilgari Sankt-Peterburgda yashaganligi aniqlangan.
Tezkor xodimlar ishni sifatli bajarganligi oqibatida, tezlik bilan gumonlanuvchi qoʻlga olingan: u Moskva shahrida istiqomat qiluvchi 35 yoshli shaxs boʻlib chiqdi. Dastlabki tergov maʼlumotlariga koʻra, u qotillikni amalga oshirgandan soʻng, marhumning jasadini burdalagan, lekin, qotillik dalillarini yoʻqotishga ulgurmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala