Dunyoda

Qozogʻistonda koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

© AFP / RONALDO SCHEMIDTProbirka
Probirka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Oʻzbekistonda yangi shtamm aniqlganmagan. Bu haqda Sogʻliqni saqlash rasmiy vakili Sputnik Uzbekistan muxbiriga xabar berdi.
TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. Qozogʻistonda koronovirusni yangi shtammi - Eta aniqlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik Kazakhstan. Mutaxassislar aytishiga koʻra ushbu shtamm Nigeriyada kelib chiqqan.
Qoʻshni respublikada 96 kishida oʻtkazilgan genetik tadqiqotlarga koʻra, "hind"-shtammi — 57 kishida (59,4 %), Britaniya Alpha shtammi — 24 kishida (25%), "Uxan" shtammi — 10 kishida (10,4%) aniqlangan. Yangi "Nigeriya" shtammi esa — 5 kishida (5,2%)" tashkil qilgan.
Hozirda yangi shtamm Karaganda, Mangistausk, Pavlodar hamda Nur-Sulton viloyatlarida aniqlandi, deyilgan xabarda.
Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vaziri aytishiga koʻra, yangi Eta-shtam 2020 yil dekabr oyida Nigeriya va Buyuk-Britaniyada paydo boʻlgan. BSSTning 15 sentyabrdagi maʼlumotlariga koʻra, ushbu shtamm ayni damda 77 mamlakatlarda qayd etilgan. Yangi shtamm koronavirusning alohida kuzatuv talab etiladigan turlariga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala