Jamiyat

Savdo va koʻngilochar koʻchalarda qoʻshimcha patrullik postlari tashkil etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPost ryadom s bыvshey gostinitsey Rossiya
Post ryadom s bыvshey gostinitsey Rossiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Savdo va koʻngilochar koʻchalarda qoʻshimcha patrullik yoʻnalishlari va postlar tashkil etiladi.
TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. “Yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tunu kun faoliyat yurituvchi savdo va xizmat koʻrsatish obʼyektlari joylashgan hududlarda jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Rыnok Malika v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.09.2021
Jamiyat
IIBB xodimlari “Malika” bozorida reyd oʻtkazishdi
Qarorga koʻra, savdo va xizmat koʻrsatish obʼyektlarining 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritishga doir jamoat xavfsizligi boʻyicha soddalashtirilgan talablar oʻrnatiladi. Bunda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan:
- yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tashkil etiladigan savdo va koʻngilochar koʻchalarda qoʻshimcha patrullik yoʻnalishlari va postlar tashkil etiladi;
- xizmatga jalb qilingan naryadlarning zichligini oshirishni nazarda tutgan holda mavjud kuch-vositalar taqsimotiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi;
- tadbirkorlar mol-mulkini qoʻriqlash, har xil favqulodda holatlarning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻriladi.
Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala