Iqtisod

Surxondaryodagi afgʻon investorlari viza masalasida yechim kutmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTermez
Termez - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Ochiq muloqotda tarzida oʻtgan uchrashuvda qoʻshni mamlakat sarmoyadorlarining 55 ta masalasi tinglanib, yechimini topish yoʻllari izlandi.
TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov vohada faoliyat yuritayotgan afgʻonistonlik investorlar bilan uchrashuv oʻtkazib, ularning taklif, gʻoya va muammolarini tingladi. Bu haqda viloyat matbuot-xizmati xabar bermoqda.
"Uchrashuv davomida viloyat rahbari afgʻonistonlik sarmoyadorlarga qoʻshni davlatdagi vaziyat haqida atroflicha xabardor qildi. Ochiq muloqotda qoʻshni mamlakat sarmoyadorlarining 55 ta masalasi tinglanib, yechimini topish yoʻllari izlandi", - deyiladi xabarda.
© Press-slujba xokimiyati Surxandarinskoy oblastiXokim Surxandarinskoy oblasti Tura Bobolov vstretilsya s afganskimi investorami
Xokim Surxandarinskoy oblasti Tura Bobolov vstretilsya s afganskimi investorami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Xokim Surxandarinskoy oblasti Tura Bobolov vstretilsya s afganskimi investorami
Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida afgʻonistonlik sarmoyadorlar ishtirokida 340 dan ortiq tadbirkorlik subʼyekti sanoat, qurilish, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar koʻrsatish sohalarida faoliyat yuritmoqda. Uchrashuvda viloyat rahbari afgʻonistonlik sarmoyadorlarga qoʻshni davlatdagi vaziyat haqida atroflicha maʼlumot berdi.
Spetsialnыy predstavitel prezidenta Uzbekistana po Afganistanu Ismatulla Irgashev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Siyosat
Afgʻonistonga muloqot orqali yordam berishni oʻylash kerak – Ismatulla Ergashev
"Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatlaringizga yuborilgan gumanitar yordamni qoʻshni davlatga yetkazib berdik, Muvaqqat hukumat vakillari bilan uchrashdik. Barchasi yaxshi boʻladi. Yangi hukumat ham mamlakatimiz bilan iqtisodiy-savdo, gumanitar aloqalarni mustahkamlash tarafdori. Toʻgʻri, ayni paytda sizlarda viza masalasida muammolar paydo boʻlgan. Bu masalaning sabablari bor. Buni soha xodimlari hozir sizlarga batafsil tushuntirib beradi. Viloyatda tadbirkorlik bilan shugʻullanishlaringiz uchun barcha sharoitlarni yaratib beryapmiz va bundan keyin ham sizlarni qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz. Bugungi ochiq muloqotimizni ham shu maqsadda tashkil etdik. Agar faoliyatingizda biron muammoga duch kelayotgan boʻlsangiz, bemalol ayting. Birgalashib hal etish yoʻlini topamiz. Sohani yanada rivojlantirish boʻyicha gʻoya va takliflaringizni tinglab, qoʻllab-quvvatlaymiz", – dedi Toʻra Bobolov.
© Press-slujba xokimiyati Surxandarinskoy oblastiXokim Surxandarinskoy oblasti Tura Bobolov vstretilsya s afganskimi investorami
Xokim Surxandarinskoy oblasti Tura Bobolov vstretilsya s afganskimi investorami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Xokim Surxandarinskoy oblasti Tura Bobolov vstretilsya s afganskimi investorami
Soʻzga chiqqan "Zikriyo Farid" MCHJ rahbari Ahmad Farid turli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirib, Afgʻonistonga eksport qilishini haqida gapirdi.
Novoye pravitelstvo Afganistana vыrazilo blagodarnost prezidentu Uzbekistana za pomoщ - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Siyosat
Afgʻonistonning yangi hukumati Oʻzbekiston prezidentiga yordam uchun minnatdorlik bildirdi
"Viza muddatimizni uzaytirishimiz kerak. Afgʻonistonga oʻtgan ishchilarimiz, oila aʼzolarimiz uchun ham viza olishimiz lozim. Bugun koʻpchiligimiz shu masala bilan qiziqib kelgan edik. Mutasaddilar pandemiya sababli viza berish vaqtincha cheklanganini bizga tushuntirib berishdi. Afgʻonistonda ham pandemiya yumshasa yana viza olish izga tushishini aytishdi", - dedi afgʻon investori va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer soʻragani va bu masala hal etilganidan xursandligini bildirdi.
Shuningdek, uchrashuvda 46 nafar afgʻonistonlik tadbirkor viza olishni, muddatini uzaytirishni, bir nafari yashash huquqini berishni soʻrab murojaat etdi.
Bir tadbirkor bogʻ uchun suv muammosi paydo boʻlgani, besh nafari ziroat yetishtirish uchun yer olish masalasini koʻndalang qoʻydi. Yechimi vaqt talab etadigan masalalar boʻyicha aniq muddat belgilanib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala