Jamiyat

Kimlar xususiy shifoxonalarda bepul muolaja olish mumkin

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Fotobankka oʻtishXirurg pered nachalom operatsii
Xirurg pered nachalom operatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Oʻzbekistondagi xususiy shifoxonalarda bepul davolanish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar toifalari maʼlum qilindi.
TOSHKENT, 22 sen – Sputnik. Oʻzbekistonda fuqarolar xususiy shifoxonalarda bepul muolaja olishlari mumkin. Bu haqida “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 2022 yil 1 yanvarga qadar xususiy tibbiyot muassasalari tibbiy xizmat koʻrsatishdan boʻshaydigan mablagʻlarni aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) koʻrsatishga yoʻnaltirganda, barcha turdagi soliqlar toʻlashdan ozod etilgan.
Bunda soliq imtiyozi taqdim etilgan xususiy tibbiy muassasa aholining quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi:
oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashovchi keksalar;
1 va 2 guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, nogironligi boʻlgan bolalar;
muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar;
ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar;
yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar;
1941-1945 yillardagi urush davrida mehnat fronti qatnashchilari.
Shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan boshqa shaxslarga ham xususiy shifoxonalarda bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala