Hodisalar

BAAdan keltirilgan 15,3 mlrd soʻmlik parfyumeriya vositalarining soxta tranziti fosh etildi

© Pexels / Karolina GrabowskaParfyumeriya
Parfyumeriya  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
BAAdan yuk mashinasida keltirilayotgan, hujjatlarga koʻra 48 ming 341 dollar qiymatga ega salkam 26 tonna ogʻirlikdagi parfyumeriya vositalari "Olot" chegara-bojxona posti orqali respublika hududiga kirgan.
TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Davlat bojxona xizmati xodimlari respublikadan tranzit tarzida olib oʻtilayotgan parfyumeriya vositalarining mamlakat hududida tushirib qoldirib, noqonuniy ravishda ichki bozorga yoʻnaltirishga boʻlgan urinishni bartaraf etdi. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, BAAdan yuk mashinasida keltirilayotgan, hujjatlarga koʻra 48 ming 341 dollar qiymatga ega salkam 26 tonna ogʻirlikdagi parfyumeriya vositalari Buxoro viloyati "Olot" chegara-bojxona posti orqali respublika hududiga kirgan. Tranzit tarzida harakatlanayotgan mazkur yuklar qoʻshni davlatga chiqishi uchun Fargʻona viloyatidagi "Oʻzbekiston" postiga yoʻnaltirilgan.
Ammo tezkor maʼlumotlar asosida mazkur avtotransport vositasi Toshkent viloyatining Angren shahri hududida bojxona xodimlari tomonidan toʻxtatilib, belgilangan tartibda koʻzdan kechiriladi. Natijada, avtomashinaga ortilgan parfyumeriya vositalarining katta qismi yoʻl davomida tushirib qoldirilgani maʼlum boʻlgan.
Uzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Hodisalar
Fargʻonada "Mersedes"ni boʻlaklab olib oʻtmoqchi boʻlgan shaxs nayrangi fosh etildi
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlaridan soʻng parfyumeriya tovarlari poytaxtning Sergeli tumanidagi omborlardan biriga noqonuniy ravishda tushirib qoldirilgani aniqlangan.
Tezkor tadbir natijasida sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan 95 ming 577 dona parfyumeriya vositasining yashirin aylanmasiga chek qoʻyilgan. Qiymati salkam 15,3 milliard soʻmni tashkil qilayotgan mazkur tovarlarning egasi ham aniqlanib, ushbu shaxsga nisbatan tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala