Video

SHHT "Tinchlik missiyasi-2021" oʻquv-mashqlarining faol bosqichi - video

Mashgʻulotlarda Rossiya, Hindiston, Xitoy, Qozogʻiston, Pokiston, Belarus, Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston harbiylari ishtirok etishdi.
TOSHKENT, 23 sen - Sputnik. Orenburg shahri yaqinida joylashgan "Donguz" poligonida Shanxay hamkorlik tashkiloti aʼzo davlatlarining "Tinchlik missiyasi-2021" - aksilterror shtab-qoʻmondonlik oʻquv-mashqlarining faol bosqichi boʻlib oʻtdi.
Mashgʻulotlarda Rossiya, Hindiston, Xitoy, Qozogʻiston, Pokiston, Belarus, Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston harbiylari ishtirok etishdi. Birlashgan qoʻshinlar shartli raqibning hujumini qaytarib, qarshi hujumga oʻtishdi va raqibning asosiy kuchlarini yakson qilishdi.
Qarshi hujumda Su-34 bomardimonchi va Su-25 hujumchi samolyotlari raqibni bombaboʻron qilishdi, artilleriya va raketa zarbalari berildi hamda raqib ichki hududiga internatsional kuchlardan iborat desant tushirildi.
Batafsil Sputnik videolavhasida tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala