Jamiyat

Toshkent shahrida favqulodda qoʻngan British Airways yoʻlovchi samolyoti Londonga uchib ketdi

Krыlo samoleta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Toshkent shahrida favqulodda qoʻngan British Airways yoʻlovchi samolyoti Londonga uchib ketdi
TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Toshkent shahrida favqulodda qoʻngan British Airways yoʻlovchi samolyoti Londonga uchib ketdi. Biroq, bu voqea favqulodda qoʻnishdan bir kun oʻtib roʻy berdi.
"British Airways" yoʻlovchilari soat 5:50da Toshkentdan - belgilangan manzil - Londonga qarab uchib ketishdi. Oradan bir sutka oʻtib ularni yetib kelgan zaxira borti olib ketdi", - deb xabar qilgan RIA Novostiga Oʻzbekiston aeroporti vakili.
Manbaning maʼlum qilishicha, bu vaqt davomida samolyot yoʻlovchilari aeroport terminallaridan birining tranzit zonasida boʻlib turishgan.
Samolet aviakompanii Uralskiye avialinii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.10.2019
Hodisalar
“Moskva-Koʻlob” reysi Toshkentga qoʻnishga majbur boʻldi
Yoʻlovchilarning aksariyati ijtimoiy tarmoqlarda maʼlumot, dori va yegulik yoʻqligidan shikoyat qilishgan hamda sukut saqlagani uchun "British Airways"ni tanqid qilishgan. Yoʻlovchilarning baʼzilari hattoki Pokiston va Buyuk Britaniya bosh vazirlariga ham bu borada murojaat qilishgan.
Eslatib oʻtamiz: chorshanba kuni ertalab Islomoboddan Londonga qarab parvoz qilayotgan British Airways aviakompaniyasining Boeing-777 samolyoti 83 yoshli ayol yoʻlovchining oʻlimi tufayli Toshkentda favqulodda qoʻnishni amalga oshirgan edi.
Pensioner ayolning yuragi toʻxtab qolgan.
Bort yoqilgʻi quygach, uning yoqilgʻi nasosida nosozlik yuzaga kelgan. Texnik nosozlik Uzbekistan Airways Technics mutaxassislari tomonidan tuzatilgan, shundan soʻng samolyotning uchishi uchun yangi toʻsiq yuzaga klegan - britan ekipajining parvoz smenasi yakunlangan va unga dam olish uchun vaqt kerak boʻlib qolgan.
Soʻngra, parvozni kechiktirilishiga sabab boʻlgan yana bir qaror qabul qilingan, - aviakompaniya yoʻlovchilarni olib ketish uchun zaxira bortini yuborgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader