Hodisalar

Chirchiqdagi poligonda harbiy xizmatchi snaryad portlashi oqibatida vafot etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana
Avtomobil natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.09.2021
Chirchiqdagi poligonda Milliy gvardiya muddatli harbiy xizmatchisi snaryad portlashi oqibatida vafot etdi.
TOSHKENT, 24 sen — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda "Namanganlik 21 yoshli yigit harbiy xizmatda portlab ketganligi" haqida xabarlar tarqalgan.
Aniqlanishicha, joriy yilning 21 avgust kuni dala oʻkuv maydonida snaryad qoldiqlari portlashi natijasida sodir boʻlgan koʻngilsiz hodisa oqibatida videomurojaatda murojaat qilgan ota-onalar farzandi Milliy gvardiya muddatli harbiy xizmatchisi R.Baratov hayot uchun xavfli boʻlgan ogʻir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 21 avgust kuni Chirchiq harbiy prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 297-moddasi (Atrofdagilar uchun katta xavf manbai boʻlgan qurol-yarogʻ, shuningdek modda va buyumlar bilan muomalada boʻlish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, prokuror nazorati oʻrnatilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala