Iqtisod

Oʻzbekiston $ 41,4 milliard investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы i monetы
Denejnыe kupyurы i monetы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.09.2021
Oʻzbekiston hukumati 2022-2024 yillar davomida amalga oshirish uchun umumyi qiymati 41,4 milliard boʻlgan investitsion dastur ishlab chiqdi.
TOSHKENT, 24 sen – Sputnik. Oʻzbekiston 2022-2024 yillarda umumiy qiymati 41,4 milliard dollar boʻlgan investitsiyalar jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ishlab chiqqan yangi qonun loyihasida aytib oʻtilgan.
Yangi qonun, Oʻzbekiston tomonidan yaqin ikki yil ichida jalb qilinishi rejalashtirilayotgan investitsiyalar dasturidan iborat boʻlib, uning ichiga respublika boʻylab 230 ta yirik ishlab chiqarish obʼyektlari qurish va 50 mingta ish oʻrinlari yaratish dasturi kiritilgan.
Qonunda vazirliklar, viloyat hokimliklari, davlat korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan investitsiyaviy loyihalarning roʻyxati, ularning kvartalma-kvartal bajarib borilish rejasi va vakolatli organlar tomonidan nazorat qilib borish mexanizmi kiritilgan.
Undan tashqari investitsion dastur boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha prezidentga oyma-oy hisobot berib borishi belgilangan.
Maʼlumot uchun, 2020 yilda Oʻzbekistonga kirib kelgan sof xorijiy investitsiyalar miqdori 1,7 mlrd. dollarni tashkil qilgan edi. 2019 yilda ushbu koʻrsatgich 2,3 milliard dollarni tashkil qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala