Iqtisod

Oʻzbekiston umumiy tashqi qarzi 6%ga oʻsdi - MB

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTsentralnыy bank Uzbekistana
Tsentralnыy bank Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.09.2021
Oʻzbekiston tashqi qarzi yil boshidan buyon 2 milliardga oshdi, undan 627 millioni davlat qarzi, 1,4 milliardi - xususiy sektor qarzlari.
TOSHKENT, 24 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasining umumiy tashqi qarzi 2021 yil boshiga nisbatan 6 foizga oshdi, deb xabar qilmoqda Markaziy bank.
"Oʻzbekiston Respublikasining umumiy tashqi qarzi hajmi joriy yilning boshiga nisbatan 6 foizga yoki 2,0 mlrd. dollarga oshgan holda, 2021 yil 1 iyul holatiga 35,9 mlrd. dollarni tashkil qildi (2021 yilning 1 yanvarida - 33,8 mlrd. dollar), - deyilgan xabarda.
Maʼlum boʻlishicha, tashqi qarz miqdori asosan xususiy sektor hisobidan oshgan:
Davlat tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarz miqdori 1,4 mlrd. dollarga (+11%) oshib 13,9 mlrd. dollarni tashkil qilgan;
Davlat tashqi qarzi esa 627,9 mln. dollarga oʻsib (+3%) jami 22,0 mlrd. dollarni tashkil qilgan;
Shu oʻrinda aytish joizki, Oʻzbekiston tashqi qarzi va uning YAIMdagi ulushi soʻngi 10 yil davomida toʻxtovsiz oʻsib kelmoqda. Xususan, 2011 yilda tashqi qarz miqdori 7,9 mllrd dollarni tashkil qilgan boʻlsa (YAIMning 17,5 %) 2020 yil yakunida ushbu koʻrsatgich 33,8 mlrd. dollarni hamda YAIMning 59%ini tashkil qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala