O‘zbekiston umumiy tashqi qarzi 6%ga o‘sdi - MB

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSentralniy bank Uzbekistana
Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi qarzi yil boshidan buyon 2 milliardga oshdi, undan 627 millioni davlat qarzi, 1,4 milliardi - xususiy sektor qarzlari.
TOShKENT, 24 sen - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining umumiy tashqi qarzi 2021-yil boshiga nisbatan 6 foizga oshdi, deb xabar qilmoqda Markaziy bank.
"O‘zbekiston Respublikasining umumiy tashqi qarzi hajmi joriy yilning boshiga nisbatan 6 foizga yoki 2,0 mlrd. dollarga oshgan holda, 2021-yil 1-iyul holatiga 35,9 mlrd. dollarni tashkil qildi (2021 yilning 1-yanvarida - 33,8 mlrd. dollar), - deyilgan xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, tashqi qarz miqdori asosan xususiy sektor hisobidan oshgan:
Davlat tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarz miqdori 1,4 mlrd. dollarga (+11%) oshib 13,9 mlrd. dollarni tashkil qilgan;
Davlat tashqi qarzi esa 627,9 mln. dollarga o‘sib (+3%) jami 22,0 mlrd. dollarni tashkil qilgan;
Shu o‘rinda aytish joizki, O‘zbekiston tashqi qarzi va uning YaIMdagi ulushi so‘ngi 10-yil davomida to‘xtovsiz o‘sib kelmoqda. Xususan, 2011-yilda tashqi qarz miqdori 7,9 mllrd dollarni tashkil qilgan bo‘lsa (YaIMning 17,5 %) 2020-yil yakunida ushbu ko‘rsatgich 33,8 mlrd. dollarni hamda YaIMning 59%ini tashkil qildi.
Yangiliklar lentasi
0