Jamiyat

Velosportni 2021–2022 yillarda rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishVelosport. BMX
Velosport. BMX - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
TOSHKENT, 26 sen — Sputnik. “Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Velosport turlarini 2021–2022 yillarda rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
2022/2023 oʻquv yilidan quyidagilar tashkil etiladi:
Turizm va sport vazirligi tizimiga kiradigan Respublika velosport mahorat maktab-internati;
qoʻshimcha 25 ta bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida hamda sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida velosport turlari boʻyicha boʻlimlar;
Buxoro, Qarshi, Navoiy va Termiz olimpiya zaxiralari kollejlarida velosport turlari boʻyicha boʻlimlar.
Respublika velosport mahorat maktab-internati oʻquvchilarining umumiy kontingenti 100 nafarni tashkil qiladi.
Mazkur maktab-internatiga velosport turlari boʻyicha belgilangan sinov imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar 2022/2023 oʻquv yilidan har yili 5-sinfga qabul qilinadi.
2022/2023 oʻquv yilidan:
- Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, barcha olimpiya zaxiralari kollejlarida velosport turlari boʻyicha amaldagi oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich oshirib boriladi;
- Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus va Fargʻona filiallarida velosport turlari boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi ochiladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston velosport federatsiyasi huzurida Oʻzbekiston professional velosipedchilar sport klubi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Qarorga koʻra, har yili 3 iyun kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida uzunligi 15–20 kilometrdan kam boʻlmagan velomarafonlar tashkil qilinadi.
Avtomobilsiz kun - vazirlar bir kunga mashinadan voz kechishdi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Video
"Avtomobilsiz kun": Aziz Abduhakimov shaxsiy namuna koʻrsatdi - video
Bundan tashqari, 2022 yildan har yili velosportning shosse (Road) va togʻ (MTB) turlari boʻyicha Toshkent viloyatida “Oqtosh-Chorvoq-Mountain”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Samarqand viloyatida “Save-Aral” koʻp kunlik xalqaro velopoygalari oʻtkaziladi.
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida veloshosse sport majmuasi quriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala