Futbol. O‘zbekiston oktabrda ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi 9-oktabr kuni Malayziya, 12-oktabrda esa Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
TOShKENT, 27 sen – Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi oktabr oyidagi FIFA kunlarida Malayziya va Iordaniya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, oktabr oyi avvalida milliy terma jamoalar uchun FIFA kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu muddat mobaynida Iordaniya poytaxti Amman shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi
Yig‘in davomida Srechko Katanes shogirdlari 9-oktabr kuni Malayziya, 12-oktabrda esa Iordaniya terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi sentabrda Katanes qo‘l ostidagi dastlabki bahsida Shvetsiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0