Iqtisod

“Onix” va “Tracker” avtomobillarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish 427 mln dollarga tushadi

Chevrolet Onix - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
“Onix” va “Tracker”ni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish 2022 yil sentyabrida ishga tushishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 28 sen – Sputnik. “Oʻzavtosanoat” UzAuto Motors zavodi bazasida “Chevrolet Onix” va “Tracker” avtomobillarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun 427,7 mln dollar yoʻnaltirishni rejalashtirmoqda. Bu raqamlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi jamoatchilik muhokamasiga qoʻygan qaror loyihasida keltirilgan.
Bu loyiha 2022 yil sentyabrida ishga tushishi, quvvati yiliga 190 ming dona avtomobilga teng boʻlishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, “UzAuto Motors Powertrain” zavodida yangi avtomobil modellari uchun har yili 185 mingta dvigatel ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish reja qilingan. Bunga 2020-2023 yillarda 190,8 mln dollar ajratish belgilangan.
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.09.2021
Iqtisod
UzAuto Motors "Lasetti" va "Spark" modellarini ishlab chiqarishni qayta tikladi
2019 yil dekabrida UzAuto Motors 2020 yilda yagona platformadagi “Onix” va boshqa yangi modellarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish loyihasini ishga tushirishini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader