Hodisalar

Surxondaryoda YPX xodimini kapotida sudragan haydovchi hibsga olindi

© Depositphotos / Alexander RathsMolodoy chelovek v naruchnikax
Molodoy chelovek v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Qumqoʻrgʻon tumani Surxon sohili mahallasida haydovchi xodimning qonuniy talabini bajarmasdan, avtomobilini inspektorning ustiga boshqargan.
TOSHKENT, 28 sen – Sputnik. Surxondaryoda YPX inspektorini kapotida sudrab ketgan “Lacetti” haydovchisiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 27 sentyabr kuni Surxondaryoda “Lacetti” haydovchisi Yoʻl patrul xizmati xodimini mashina kapotida haydab ketgani aks etgan video tarqalgan edi.
YHXBB matbuot xizmati xabariga koʻra, ushbu voqea 13 sentyabr kuni Qumqoʻrgʻon tumani Surxon sohili mahallasida roʻy bergan. YPX xodimi yoʻlning qatnov qismiga toʻxtagan “Lacetti” haydovchisiga toʻxtash qoidasini buzganligini aytib, tegishli hujjatlarini taqdim qilishini soʻragan.
Haydovchi xodimning qonuniy talabini bajarmasdan, avtomobilini inspektorning ustiga boshqargan. Xodim qochishga ulgurmasdan avtomobilning kapotida osilib qolgan. Avtomobil taxminan 3,4 kilometr masofagacha harakatlangandan soʻng xodim yerga qulab tushgan.

YPX xodimi tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Tuman prokuraturasi holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala