Hodisalar

Surxondaryodagi chegara postida jangovar oʻq-dori olib oʻtayotgan shaxs ushlandi

© AFP / TEMUR ISMAILOVUzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza
Uzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
TOSHKENT, 28 sen - Sputnik. Surxondaryo viloyatidagi "Ayritom" chegara bojxona postida qoʻshni Afgʻonistondan jangovar oʻq-dori olib oʻtayotgan oʻzbekistonlik haydovchi ushlandi.
Bu haqda davlat bojxona qoʻmitasi axborot-xizmati xabar bermoqda.
"Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro Q.H. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazilganida <...> yukxonadagi sumkada jangovar oʻq-dorilar turkumiga kiruvchi, otish uchun yaroqli boʻlgan 1 dona 9 mmli "Parabellum" patroni borligi aniqlandi", - deyiladi xabarda.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala