Ekonomicheskiy forum v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston iqtisodiy forumi - 2021
Toshkentda “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusidagi iqtisodiy forum boʻlib oʻtmoqda.

Iqtisodiy forum muammolarni bartaraf etish uchun munosib platformaga aylanadi - Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Oʻzbekiston prezidenti kelgusi 5 yilda aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YAIMni 1,6 baravar oshirishga umid bildirdi.
Toshkent 29 sen - Sputnik. Bugun Toshkentda “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusida Oʻzbekiston iqtisodiy forumi oʻz ishini boshladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Anjuman boshida Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga murojaati oʻqib eshittirildi. Unda prezident ushbu forum ijobiy natija olib kelishiga umid bildirdi.
“Xalqaro investorlar va hamkorlar uchun eshigimiz doim ochiq. Ishonamanki, mazkur forum mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni batafsil tahlil qilish va baholash, mavjud muammolarni bartaraf etish uchun tizimli yechimlar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga munosib platforma vazifasini oʻtaydi”, - deyiladi murojaatnomada.
Shavkat Mirziyoyev, murojatanomasida, jumladan, kelgusi 5 yilda aholi jon boshiga YAIMni 1,6 baravar oshirish hamda 2030 yilga borib, aholi daromadlari oʻrtachadan yuqori davlatlar qatoriga kirish vazifalari belgilangani qayd etilgan.
Buning uchun islohotlarni izchil davom ettirish, raqobat muhitini kuchaytirish, davlat korxonalarini transformatsiya qilish, bank tizimi va kapital bozorini rivojlantirish uchun sharoit yaratish muhim, deyilgan prezident murojaatnomasida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader