Men sizga havas qilaman va tabriklayman - Nikita Mixalkov "O‘zbekfilm"ga

© SputnikOtkritie Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya "Jemchujina Shelkovogo puti"
Otkritie Tashkentskogo mejdunarodnogo kinofestivalya Jemchujina Shelkovogo puti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyalik aktor va rejissor Nikita Mixalkov Toshkent kinofestivali ochilishida o‘zbek kinosi Markaziy Osiyodagi mintaqadagi eng keksa kino ekanligini esladi.
TOShKENT, 28 sen - Sputnik. Covet Ittifoqi va Rossiyaning mashhur kino rejissori, ssenariy muallifi Nikita Mixalkov Toshkent xalqaro kinofestivali ochilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Mixalkov o‘z tabrik so‘zida Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi xalqaro kinofestivalni esladi va hozirgi festival ham undan ham qiziq bo‘lishiga umid bildirdi.
"Men Toshkentdagi birinchi kinofestivalda bo‘lganman. "O‘zbekfilm" u vaqtlar butunlay boshqacha edi, u vaqtlan boshqacha edi. Juda qiziqarli bo‘lgandi. Bu safar ham qiziq bo‘ladi deb umid qilaman", - dedi rejisser.
Mixalkov "O‘zbekkino"ning yuqori darajasini va munosib shuhratini qayd etib, o‘zbekistonlik hamkasblarini tabrikladi.
"O‘zbek kinosining qayta tug‘ilishi - bu ham tabiiy ham kerakli jarayondir. Axir bu hududdagi birini kino... Men bugungi kinematografining darjasi ham zamonga va uning sobiq shuhratiga mos bo‘ladi deb umid qilaman. Tushunushimcha, bugun (O‘zbekistonda - tahryu) kino yangi uskunalarda ishlab chiqiladi. Shuning uchun men sizga havas qilaman va tabriklayman. O‘zbekistonlik hamkasabalarim uchun juda xursandman ", - deya qo‘shimcha qildi rossiyalik rejisser.
Eslatib o‘tamiz, 28-sentabr kuni O‘zbekistonda "Ipak yo‘li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivali boshlandi va u 3-oktabrgacha davom etadi. Festivalda ishtirok etish uchun dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan 450dan ortiq kinematografistlar kelgan. Tadbir doirasida ijodiy uchrashuvlar, ma’ruzalar, mahorat darslari, VGIK filiali va oltita kinoteatr ochilishi, hujjatli filmlar namoyishi va yosh kinoijodkorlar tanlovi o‘tkaziladi. Festivalga faxriy mehmon sifatida Nikita Mixalkov, Timur Bekmambetov, Pavel Priluchniy, Lyuk Besson, Mitxun Chakraborti, Stiven Sigal va boshqa yulduzlar taklif etilgan.
Kinofestival v Tashkente 2021 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2021
“Kamera, motor!”: Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklandi
Yangiliklar lentasi
0