Ekonomicheskiy forum v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston iqtisodiy forumi - 2021
Toshkentda “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusidagi iqtisodiy forum boʻlib oʻtmoqda.

Toshkent iqtisodiy forumining birinchi kuni yakunlari

© SputnikTashkentskiy Ekonomicheskiy forum -2021
Tashkentskiy Ekonomicheskiy forum -2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Vengriyaning OTP Banki Ipoteka bankining Oʻzbekiston Hukumatiga tegishli boʻlgan 75% aktsiyalarini sotib olish haqida bitim imzoladi.
TOSHKENT, 29 sen - Sputnik. Bugun Toshkentda boshlangan "Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” forumining birinchi kuni yakunida, Oʻzbekiston hukumati va Turkiya, Vengriya hamda Frantsiya biznesi vakillari bilan bir necha shartnoma i memorandumlar imzolandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Xususan, imzolangan shartnomalar quyidagilar bor:
Moliya vazirligi va Vengriyaning “OTP Bank PLC” orasida Ipoteka bankini sotib olish toʻgʻrisida kelishuv memorandumi;
Oʻzbekiston Moliya vazirligi va Frantsiyaning Veolia Energy Tashkent orasida davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash bitimi;
Oʻzbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Turkiyaning "Soca Sola Icecek" oʻrtasida davlat aktsiyalarini topshirish akti;
Oʻzbekiston va Turkiya orasida iqtisodiy sohada hamkorlikn rivojlantirish hamda investitsiya dasturini shakllantirish toʻgʻrisidagi kelishuv.
Undan tashqari, Iqtisodiy forumning birinchi kuni yakunida Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari, iqtisodiy rivojlanish va kambagʻallikni tugatish vaziri Jamshid Qoʻchqorov 2022 yilda Navoiy togʻ-kon metallurgiya kombinatining davlatga tegishli boʻlga 10% aktsiyalari sotuvga chiqarilishi haqida eʼlon qildi.
Maʼlumot uchun Toshkentda Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki koʻmagida oʻtkazilayotgan "Uzbekistan Economic Forum 2021" tadbirida Oʻzbekiston va dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan 300ga yaqin ishtirokchilar qatnashmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala