Jamiyat

Xitoy–Oʻzbekiston yaratgan vaktsinadan bolalarni emlashda qoʻllaniladimi - tafsilotlar

© Press-slujba Minzdrava RUzDostavlena ocherednaya partiya vaktsinы ZF-UZ-VAC2001
Dostavlena ocherednaya partiya vaktsinы ZF-UZ-VAC2001  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.09.2021
Hozirda Xitoyda 12-17 yoshli bir guruh bolalar ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasining 3 ta dozasi, 6-11 va 3-5 yoshli bolalar guruhlari esa vaktsinaning birinchi dozasi bilan emlangan
TOSHKENT, 29 sen - Sputnik. Xitoy–Oʻzbekiston hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasini 3-5, 6-11 va 12-17 yoshdagi bolalarda qoʻllash xavfsizligi DSMB (Data Safety Monitoring Board) – Maʼlumotlar monitoringi boʻyicha mustaqil qoʻmita tomonidan tasdiqlandi.
DSMB – mustaqil ekspertlar guruhi boʻlib, ular tadqiqotlar natijalariga koʻra tadqiqotda ishtirok etganlarning xavfsizligini tahlil qiladi va baholaydi.
Migrantы v punkte vaktsinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik Layt na territorii TTS Sadovod v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Jamiyat
“Vaktsina kokteyli”: “Sputnik Layt” va AstraZeneca kombinatsiyasi samaradorligi haqida
Xitoyda ayni vaqtda 12-17 yoshli bir guruh bolalar ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasining 3 ta dozasi, 6-11 va 3-5 yoshli bolalar guruhlari esa vaktsinaning birinchi dozasi bilan emlanganligi va bolalarning salomatligida nojoʻya taʼsirlar kuzatilmagani xabar qilinmoqda. ⠀
Ilgariroq, AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Atabekov Oʻzbekiston-Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasini yosh bolalarda ishlatish mumkinmi, degan savolga javob berar ekan, ️"vaktsinalarni qaysi aholi qatlamida ishlatishdan qatʼiy nazar avval albatta shu yosh qatlami ichida oʻtkazilgan klinik sinovlar boʻlishi shartligi" haqida gapirgan va "hademay bu borada ham yangiliklar paydo boʻlsa ajabmas", - deya qoʻshimcha qilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, ilgariroq, Oʻzbekistonda endi 12 yoshdan katta bolalarga ham COVID-19ga qarshi Pfizer vaktsinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlanishga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader