Jamiyat

Haftaning ikkinchi yarmida Rossiyadan sovuq havo kirib keladi - Oʻzgidromet

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Fotobankka oʻtishXolodnaya pogoda
Xolodnaya pogoda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Oktyabr boshida Fargʻona vodiysi va ayrim togʻli hududlarda yomgʻir yoishi, kuchli shamol boʻlishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 30 sen - Sputnik. Oʻzbekiston Gidrometerologiya markazi xabar qilishiga koʻra, haftaning ikkinchi yarmida Oʻzbekiston hududiga Rossiyadan sovuq havo kirib keladi.
30 sentyabrda Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 1-3 oktyabrda respublikaning qolgan hududlariga Volga boʻyi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
1-3 oktyabrda havo harorati kechalari asta-sekin 3-8° iliqgacha, kunduz kunlari 12-17° iliqgacha, shimolda kechalari 0-5° iliqgacha, kunduz kunlari 10-15° iliqgacha pasayadi.
1-2 oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda, 3 oktyabrda Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻadi, 2-3 oktyabrda togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi.
30 sentyabrda va 1-2 oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader