Ekonomicheskiy forum v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston iqtisodiy forumi - 2021
Toshkentda “Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusidagi iqtisodiy forum boʻlib oʻtmoqda.

“Mutaxassislaringizni qaytaring!”

© CC0 / Unsplash / Hunters RaceBiznesmen. Illyustrativnoye foto
Biznesmen. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Oʻzbekiston iqtisodiy forumida “Ishlab chiqarish va Oʻzbekistonning global taʼminot zaxiralaridagi oʻrni” mavzusi muhokama etildi.
TOSHKENT, 30 sen – Sputnik. Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston iqtisodiy forumida “Ishlab chiqarish va Oʻzbekistonning global taʼminot zaxiralaridagi oʻrni” mavzusi muhokama etildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari Bobur Abdinazarov qazilma boyliklar haqida gapirar ekan, 2700 dan ortiq konlar mavjudligini qayd etib oʻtdi.
“Birgina qurilish sohasi uchun 522 ta kondan foydalanayapmiz, - deydi vazir oʻrinbosari. - Shu bilan birga, misga alohida eʼtibor qaratamiz. Koʻpgina xorijlik ekspertlarning prognozlariga koʻra, 2030 yilga qadar misga boʻlgan ehtiyoj 40 foizgacha ortadi. Sabab? Isteʼmol oʻsadi, lekin uni yetkazib berishda oqsashlar yuz beradi. Biz 2024-2028 yillarda mis ishlab chiqarishni yiliga 400 ming tonnaga yetkazmoqchimiz”.
Mednыy vek Almalыka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Infografika
Olmaliq mis boyitish fabrikasi haqida batafsil
“Oʻzavtomotors” bosh direktori Bo Inge Anderssonning fikriga koʻra, rivojlanish haqida gapirganda, logistika masalasiga alohida eʼtibor qaratish lozim.
“Men oʻzim amerikalikman, lekin bir narsani aniq ayta olamanki, AQShda poyezdda sayohat qilish u qadar qulay emas, Rossiyada esa boshqa gap, poyezdda sayohatga chiqsangiz, mazza qilasiz... Sanoat haqida gapiradigan boʻlsam, elektromobillarni ishlab chiqarishga eʼtibor qaratmoqchimiz. Bu bizning qoʻlimizdan keladi, koʻramiz, xaridorlar uni qanday qabul qilarkan?”, - deydi Andersson.
Mazkur sessiya moderatori Pirs Kimberlej hukumat vakili – Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari ishtirok etayotganidan foydalanib, spikerlardan unga savollar bilan murojaat etishni taklif qildi.
Soliqlar, texnologiyalar mavzularida savollar berilgandan keyin Bo Inge Andersson ham oʻz fikrini bildirdi.
“Men umrimning koʻp qismini chet ellik sifatida oʻtkazganman. Bilasizmi, bunday turmush kechirish unchalik ham oson emas. Agar mening mushkulimni oson qilmoqchi boʻlsangiz, oʻz mutaxassislaringizni yurtingizga qaytaring!”, - dedi u.
Uning bu soʻzlari butun zalning olqishlariga sabab boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala