Siyosat

Oʻzbekiston va Rossiya Bosh prokuraturalari oʻrtasida idoralararo hamkorlik dasturi imzolandi

Vizit Generalnogo prokurora Igorya Krasnova RF v Tashkent
Vizit Generalnogo prokurora Igorya Krasnova RF v Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Nigʻmatilla Yoʻldoshev rossiyalik hamkasbi Igor Krasnovga “Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi” koʻkrak nishonini topshirdi.
TOSHKENT, 30 sen – Sputnik. Toshkentda Oʻzbekiston bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshevning Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tomonlar oʻzaro manfaatli boʻlgan keng qamrovli masalalarni muhokama qildilar va idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari boʻyicha fikr almashdilar.
Xususan, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, korruptsiyaga qarshi kurash sohalarida tajriba almashish hamda prokuratura organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohalarida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida koʻra Oʻzbekiston va Rossiya Bosh prokuraturasi oʻrtasida ilm-fan va taʼlim sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida Memorandum hamda 2021-2023 yillarga moʻljallangan idoralararo hamkorlik Dasturi imzolandi.
Ushbu hujjatlarning amalda tatbiq etilishi huquqiy sohada axborot va ilgʻor tajriba almashish orqali ikki tomonlama sheriklikni yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Tadbir yakunida Nigʻmatilla Yoʻldoshev Igor Krasnovga hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun minnatdorchilik izhor qildi va “Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining faxriy xodimi” koʻkrak nishoni bilan taqdirladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala