Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchilarni tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Prezident oʻqituvchilarni tabriklab, Oʻzbekistonda taʼlim sohasida soʻnggi 5 yilda erishilgan yutuqlarni sanab oʻtdi.
TOSHKENT, 30 sen - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinlashib kelayotgan ustoz va murabbiylar kuni arafasida Oʻzbekiston oʻqituvchilarini tabrikladi.

Aziz faxriylar!

Avvalo, siz, azizlarni, taʼlim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini umumxalq bayrami – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman", - deb boshlanadi prezident tabrik soʻzi.

Shundan soʻng prezident Oʻzbekistonda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni sanab oʻtdi. Xususan, bogʻchalar soni soʻnggi besh yillikda 5 211 tadan 19 316 taga yetganini hamda MTM tizimda qamrov 62%, 6 yoshdagi bolalar oʻrtasida esa 77 %uf yetganini taʼqidlab oʻtdi.
Udan tashqari, Respublikada yangi turdagi va ixtisoslashgan maktablar faoliyat yuritayotgani aytib oʻtildi. Xususan, prezident maktablari, ijod maktablari, matematika yoʻnalishida 112 ta, fizika yoʻnalishida 14 ta, kimyo-biologiya boʻyicha 87 ta, informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha 99 ta, xorijiy tillar boʻyicha 207 ta ixtisoslashgan maktablar faoliyat olib borayotganini alohida taʼkidlab oʻtildi.
Shuningdek, oliy taʼlim sohasida ham soʻnggi 5 yilda chet el OTMlari bilan 67 ta yangi universitet va institutlar hamda filiallari barpo etilib, ularning umumiy soni 144 taga yetkazilgani qayd etildi.
Prezident tabrigi bilan batafsil quyida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala