Dunyoda

Kobulda masjid oldida roʻy bergan portlash oqibatida halok boʻlganlar soni 12 nafarga yetdi

© AFP / HOSHANG HASHIMIVzrыv v Kabule
Vzrыv v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.10.2021
Portlash “Tolibon”* muvaqqat hukumatining madaniyat va axborot vaziri oʻrinbosari Zabiulloh Mujohidning onasining dafn marosimi vaqtida sodir boʻlgan.
TOSHKENT, 3 okt — Sputnik. Afgʻoniston poytaxti Kobuldagi Idgoh masjidi oldida roʻy bergan portlash oqibatida halok boʻlganlar soni 12 nafarga yetdi. Bu haqda RIA Novosti manbasiga tayangan holda xabar bermoqda.
Yana 32 kishi jarohat olgan. Agentlik suhbatdoshining soʻzlariga koʻra, maʼlumotlar oʻzgarishi mumkin.
Avvalroq sakkiz kishi qurbon boʻlgani va 20 kishi yaralangani xabar qilingan edi. Mamlakat ichki ishlar vazirligi vakili Kari Said Xostiy 3 gumonlanuvchi qoʻlga olinganini maʼlum qilgan.
Stranы mira. Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Kobulda kuchli portlash sodir boʻldi
Mahalliy OAVlar masjid oldidagi portlash “Tolibon”* muvaqqat hukumatining madaniyat va axborot vaziri oʻrinbosari Zabiulloh Mujohidning onasining dafn marosimi vaqtida sodir boʻlgani haqida yozmoqda.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala