Migratsiya

Rossiyaga 10 ming kishi ishga taklif qilinmoqda - patent Oʻzbekistonda rasmiylashtiriladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishRabochiye
Rabochiye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.10.2021
Rossiyada ishlash uchun yuzlab armaturachi va betonchilar, gʻisht teruvchi va yuq avtomobillari haydovchilari taklif qilinmoqda.
TOSHKENT, 4 okt - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 10 ming kishini Rossiyaning turli hududlariga ishga taklif qilmoqda.
Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu ish oʻrinlari Rossiyaning "salohiyatli ish beruvchilari tomonidan" taklif qilingan boʻlib, ish boʻlajak joyi Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur, Novosibirsk, Kaluga, Tula, Murmansk, Kaliningrad, Moskva viloyatlari hamda Krasnodar oʻlkasida boʻladi.
Asosiysi, Rossiya Federatsiyasida ishlash huquqini beruvchi patent Oʻzbekistonda rasmiylashtiriladi, - deyilgan xabarda.
Ushbu imkoniyatdan foydalanmoqchi boʻlgan fuqarolar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari kerak boʻladi. (Saytga kirish uchun Googleda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak)
Roʻyxatdan oʻtish!
Keltirilgan roʻyxatga koʻra, 1090 nafar armaturachi, 795 nafar betonchi, 495 nafar quvur oʻtkazuvchi, 300 nafar teploizolyatsiya oʻrnatuvchi, 230 nafar gʻisht teruvchi, 250 nafar santexnika oʻrnatuvchi, shuningdek, oʻnlab yuq avtomobil, ekskavator va kranlar haydovchisi, suvoqchi va boʻyoqchilar taklif qilinadi. Umuman taklif qilinayotgan mutaxassisliklar soni 50dan ortiq.
Batafsil maʼlumotlarni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy boʻlinmalaridan olish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala