Hodisalar

“8 oylik homilasi bilan kelinni boʻgʻizlab tashlagan” nomli video tarqaldi - BP bayonot berdi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovNoj v ruke
Noj v ruke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Bosh prokuratura “Dahshatli voqea! 8 oylik homilasi bilan kelinni boʻgʻizlab tashlagan” nomli videoxabar yuzasidan bayonot berdi.
TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda “Dahshatli voqea! 8 oylik homilasi bilan kelinni boʻgʻizlab tashlagan" sarlavhali videoxabar tarqalgan.
Aniqlanishicha, 2021 yil iyun oyida U.N. Yozyovon tumani, Oʻzbekiston koʻchasida joylashgan xonadonlar biriga gʻayriqonuniy ravishda kirib, mol-mulklarni qoʻlga kiritmoqchi boʻlgan vaqtida uyda boʻlgan homilador M.Q uni koʻrib qolganligi sababli, uni pichoq bilan bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda M.Q kasalxonada vafot etgan.
Mashina DPS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Hodisalar
TDIU sobiq prorektori Nodir Idiyev qidiruvga berildi
Bosh prokuratura maʼlumotiga koʻra, 2021 yil 23 iyun kuni Yozyovon tuman prokuraturasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) va 164-moddasi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatdi.
Jinoyat ishi boʻyicha 1 nafar shaxsga ayb eʼlon qilinib, unga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Jinoyat ishi mazmunan koʻrib chiqish uchun 2021 yil 16 sentyabr kuni Fargʻona viloyat sudiga yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala