Jamiyat

Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida aviareyslar soni oshirilmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishSamolet aviakompanii "Aeroflot" na vzletnoy polose Mejdunarodnogo aeroporta Sheremetyevo
Samolet aviakompanii Aeroflot na vzletnoy polose Mejdunarodnogo aeroporta Sheremetyevo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Joriy yil 5 oktyabrdan boshlab Moskvadan Oʻzbekiston shaharlariga doimiy aviaqatnovlar soni ikki taraflama asosda koʻpaytiriladi.
TOSHKENT, 5 okt - Sputnik. Rossiya va Oʻzbekiston: aviareyslar soni oshirilmoqda, deb xabar berdi Tashqi migratsiya agentligi.
Joriy yil 5 oktyabrdan boshlab Moskvadan Oʻzbekiston shaharlariga doimiy aviaqatnovlar soni ikki taraflama asosda koʻpaytiriladi.
Xususan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha reyslar yoʻlga qoʻyiladi:
Moskva - Toshkent (haftasiga 4 tagacha reys);
Moskva - Buxoro (haftasiga 2 ta reys);
Moskva - Samarqand (haftasiga 2 ta reys);
Moskva - Urganch (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Namangan (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Fargʻona (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Andijon (haftasiga 1 ta reys);
Moskva - Termiz (haftasiga 1 ta reys).
Ushbu yoʻnalishlar boʻyicha parvozlardan oldin chet davlatlar fuqarolari boʻlgan yoʻlovchilarga koronavirusdan himoyalanish uchun emlanish tavsiya qilingan. Shuningdek, yaqinda mehnat migrantlari uchun Oʻzbekistondan Rossiyaga poyezdlar tashkillashtirish rejalashtirilayotgani maʼlum qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala