Dunyoda

AQSH razvedkasi chet eldagi oʻnlab "informatorlardan" mahrum boʻlganini aytmoqda

© AFP / SAUL LOEBArxivnoye foto emblemы tsentralnogo razvedыvatelnogo upravleniya SSHA, TSRU
Arxivnoye foto emblemы tsentralnogo razvedыvatelnogo upravleniya SSHA, TSRU - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
"Mutlaqo maxfiy" grifi ostida kelgan hujjatda MRB oʻz xodimlarini yoʻqotish raqamlari oʻta katta ekani haqida ogohlantirgan.
TOSHKENT, 6 okt – RIA Novosti. AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi oʻtgan haftada chet eldagi barcha rezidenturalariga "oʻnlab" oʻldirilgan, hibsga olingan yoki boshqa davlat razvedka xizmati tomonidan "verbovka qilib olingan" informatorlar haqida xabar berilgan telegrammalarni yoʻlladi. Bu haqda New York Times nashri yozmoqda.
"Mutlaqo maxfiy" grifi ostida yuborilgan hujjatda MRB oʻz xodimlarini yoʻqotish raqamlari oʻta katta ekani haqida ogohlantirgan.
"Telegramma qisqa boʻlsa-da, unda biroq raqib razvedka xizmatlari tomonidan yoʻq qilingan agentlar soni haqida aniq maʼlumot keltirilgan. Kontrrazvedkachilar odatda bu singari aloqa tarmoqlarida bunday maʼlumotlar bilan boʻlishmaydilar", - deyiladi maqolada.
Oʻzbekiston harbiy razvedkachilari Pokistonda oʻtkazilgan xalqaro musobaqada gʻolib boʻldi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.03.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston harbiy razvedkachilari yana bir xalqaro musobaqada tengsizlikni namoyon etishdi
MRB shuningdek, hibsga olingan xorijiy agentlarning aniq sonini ochiqlagan, biroq ayni vaqtda boshqa razvedka xizmatlari tomonidan "verbovka" qilib olinib, AQShga qarshi ishlayotganlar sonini keltirishga qiynalgan.
New York Times nashrining yozishicha, agentlarni oʻzi tomonga verbovka qilib olish ishlarida ayniqsa, pokiston maxsus xizmatlariga teng keladigan yoʻq. Xitoy va Rossiyada esa mahalliy kontrrazvedkachilar amerika agentlarini kuzatish uchun sunʼiy ong, biometrik skanerlash va insonni yuz qiyofasiga qarab taniy oladigan texnologiyalardan foydalanishda qiyinchilikka uchraganlar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala