Bekobodda “Real Madrid” futbol akademiyasi ochildi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaV Bekabade otkrilas futbolnaya akademiya “Real Madrid”
V Bekabade otkrilas futbolnaya akademiya “Real Madrid” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Obuna bo‘lish
Akademiyada o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari “Real Madrid” futbol klubi an’analariga mos ravishda olib boriladi.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Toshkent viloyati Bekobod shahrida “El Golazo Academy Powered by Real Madrid” futbol akademiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, O‘zbekiston metallurgiya kombinati AO boshqaruvi rahbariyati, o‘zbek futboli faxriylari, shuningdek, “Real Madrid“ klubining yaqin o‘tmishdagi mashhur futbolchilaridan biri Alvaro Arbeloa va bir qator nufuzli mehmonlar ishtirok etdi.
© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaV Bekabade otkrilas futbolnaya akademiya “Real Madrid”
V Bekabade otkrilas futbolnaya akademiya “Real Madrid” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
V Bekabade otkrilas futbolnaya akademiya “Real Madrid”
Toshkent viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, mazkur futbol akademiyasida barcha shart-sharoitlarga ega yotoqxona, o‘quv bo‘limi va zamonaviy oshxona mavjud bo‘lib, bu yerda 11 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 7 ta yosh toifalaridagi guruhlarda yoshlar ta’lim oladi.
“Real Madrid” futbol akademiyasining yangi binoda ish boshlashi shahrimiz yoshlari uchun yana bir qulaylik bo‘ldi. Berilgan imkoniyatdan samarali foydalanib, futbolchilarning yangi avlodini shakllantirishga o‘z hissamizni qo‘shamiz”, — deydi mazkur akademiya direktori Akmal Sharipov.
Muassasada o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari “Real Madrid” futbol klubi an’analariga mos ravishda olib boriladi. Mashg‘ulotlar uchun tabiiy va sun’iy futbol maydonlari, fitnes mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan inshootlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Yangiliklar lentasi
0